Çexiya poytaxti Pragada Armiya kuni nişonlanişi davomida körgazmali sakraşlar vaqtida ayol va bola desantçilardan biri ularning ustiga tuşişi oqibatida jarohat oldi. Bu haqda Praga şahri tez tibbiy yordam xizmati vakili Yana Poştova ma'lum qildi.
Voqea Praganing tarixiy markazi ustidan qad rostlab turuvçi Letna tepaligida yuz bergan. 8 nafar paraşyutçining oxirgi sakraşida 36 yoşli desantçi ehtimol qilinişiça kuçli şamol tufayli belgilangan qöniş joyiga tuşmay, tomoşabinlarga borib urilgan.
"Bir ayol va bola yengil jarohat olib, şifoxonaga yetkazilganlar. Paraşyutçining özi ham jarohat olgan", deb aytgan Poştova.












