Özbekistonda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, axborot xavfsizligi va dasturiy mahsulotlar bozori rivojlanişini rağbatlantiriş maqsadida har yili an'anaviy tarzda «ICTWEEK Uzbekistan» axborot-kommunikatsiya texnologiyalari haftaligi ötkazib kelinmoqda.
Joriy yilning 19-22 sentabr kunlari poytaxtdagi «Özekspomarkaz» majmuasida taşkil etilgan haftalikda yurtimiz va xorij olimlari tomonidan yaratilgan yuzlab işlanma hamda texnologiyalar namoyiş etildi.
Asosiy e'tibor mamlakatda «Elektron xukumat» tizimini rivojlantirişga qaratilgan mazkur tadbirda Davlat soliq qömitasi davlat soliq xizmati organlarida rivojlangan axborot-kommunikatsiya texnologiyalari mavzusida tayyorlangan loyihalar, körsatilayotgan elektron davlat xizmatlari, ma'lumotlar bazasini şakllantirişda katta xissa qöşayotgan dasturiy mahsulotlar, onlayn nazorat-kassa maşinasi işlaş loyihasi, ma'lumotlarni qayta işlar markazi hamda korpotariv aloqa tarmoqlarining infratuzilmasi maketlari bilan iştirok etdi.
Davlat soliq qömitasi tomnidan taqdim etilgan loyihalar anjumanga taşrif buyurgan çet ellik mehmonlar, aloqa sohasidagi mintaqaviy hamdöstlik vakillari, Özbekiston Respublikasi Prezidenti devoni va Vazirlar Mahkamasi hamda bir qator vazirlik va idoralarning rahbarlarida katta taassurot va qiziqişlar uyğotdi.
«ICTWEEK Uzbekistan 2017» axborot-kommunikatsiya texnologiyalari haftaligi yakunida Davlat soliq qömitasi «Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etiş böyiça eng yaxşi davlat organi» nominatsiyasida ğolib deb e'tirof etilib, maxsus diplom va statuetka bilan taqdirlandi.

















