Inson yaralibdiki, unga aql berilib, ongi çarxlanibdiki, fikr yuritadi, tasavvur va tafakkur qiladi, ğoyalar, ğoyalardan mafkura yaratadi, mafkuraki, mangulikka da'vogarini yaratmoqçi böladi.
Lekin, keksa va navqiron moziy guvohdir. Inson heç qaçon dindan kuçli ğoya, dindan kuçli mafkura yarata olmagan. Yarata olmaydi ham. Çunki, dinni inson yaratmagan. U mukammal ğoya, abadiy mafkura, ilohiy kitobdir. Insonga esa e'tiqod xos bölib, u tokay e'tiqodga tayanib yaşaydi. E'tiqodki, odamlikni namoyon etadi.
Mana şuni yaxşi bilgan, azizu-mukarram, muqaddas deya sifatlangan inson zotining ayro vakillari ya'ni, «e'tiqoddan keçganlar», «odamlikdan yiroqlaşganlar» ana şu abadiy e'tiqod kitoblarini niqob qilib, öz manfaatlariga moslab talqin qilişgaça bordi. Bu manfaatlarki, ğarazli maqsadlarga erişişning puxta işlangan strategiyasiga asoslangandir. Yoşlarimizning ongini manipuliyatsiya qiliş orqali ayni şu maqsadlarga erişiş esa, ularning asosiy strategiyasidir.
Yoşlarimizda borki kamçilik — faqat ularning yoşligida, yolğizgina boyligi ham ularning yoşligidadir. Yoşlarimizni — kamçiligimizni töldiraylik, boyligimizni — yoşlarmizni himoya qilaylik. Yoşlarimiz ongini manipuliyatsiya qilişlariga yöl qöyib bermaylik, buzğunçi ğoyalarni yaratib, yana uni dinga örab, tarğib qilayotgan buzğunçilardan asraylik, odamlik yölidan adaştirişlariga imkon yaratib bermaylik. Ikkinçi darajali amallarga qattiq boğlanib qolib, ularning kamoli birlamçi ekanligini unutmaylik, burçimizni bajaraylik, yoşlarimizni asraylik, himoyamizga olaylik, toki keç bölmasin... Söng «adaşgan yoşlar» deb nadomat çekib yurmaylik! Bunga haqimiz yöq! Illo, bu biz — kattalarning farzimiz.
Yoşlarimiz — farzandlarimiz... Ularning esa «yomoni, adaşgani» bölmaydi. Biroq, farzandiga öz vaqtida odamlik yölini körsata olmagan, ular tarbiyasida qat'iyatlik qila olmagan, oilada mas'uliyatni öz zimmasiga ola bilmagan, ularning murğak ongini yot ğoyalar va «yomon»lardan himoya qila olmagan, befarqlikka befarq bölgan, ogohlikdan ogoh bölmagan, hali-hanuz oqni qoradan ajrata olmaganimiz, biz — ota-onalar — kattalarning mas'uliyatsizligimiz böladi, xolos...
Yoşlarimizni asraylik!
N.Murodov, huquqşunos












