Ibodat Rasulova (ism-familiyalar özgartirilgan) hamşira bölib işlab yurgan kezlari bir neça kişilarning dardiga darmon bölgan bölsa, bordir. Biroq bu ayol tuman şifoxonasida işlagan 30 yillik faoliyati davomida bir neça bor qinğirliklar sodir etib, tegişli javobgarlikka tortilgan ekan, deb yozadi “Huquq” gazetasi.
I.Rasulovaning nafaqaga çiqib ham “aqli kirmadi”. U Kosonsoy şahrida yaşovçi uçinçi guruh nogironi S.Jambilovni aldab, işonçiga kiradi. Unga Namangan viloyati Tibbiy mehnat ekspertizasi komissiyasining mansabdor şaxslari bilan gaplaşib, ikkinçi guruh nogironligiga ötkazib berişga va'da berib, evaziga 200 AQŞ dollari söraydi.
Ammo, ayol niyatiga yetolmadi. Kosonsoy şahri markazidagi “Dunyo” dökoni yonida S.Jambilovdan 100 AQŞ dollari hamda 600 ming söm pulni firibgarlik yöli bilan olayotgan paytda huquqni muhofaza qiluvçi organ xodimlari tomonidan uşlandi.
Sud hukmi bilan I.Rasulova tegişli jazoga tortildi.












