Germaniya kansleri Angela Merkel boşçiligidagi XDI/XSI partiyalari alyansi 32,5 foizlik ovoz bilan Germaniya parlamentiga saylovda yetakçilik qilmoqda. Bundan ARD telekanalining exit poll ma'lumotlari darak bermoqda. 

Martin Şults boşçiligidagi Germaniya Sotsial-demokratik partiyasi 20 foiz ovoz olgan.  

Şuningdek, "Germaniya uçun muqobil" partiyasi 13,5 foiz ovoz bilan 3-örinni egallab, birinçi marta parlamentdan örin oladi. 

Ekzit-poll ma'lumotlariga köra, bundestagga hammasi bölib 6 ta partiya ötdi. Bundestagga saylovlar yakunlariga köra Germaniyaning yangi hukumati şakllantiriladi va yangi kansler belgilanadi.

Saylovlardan köpi bilan 30 kundan keyin yangi çaqiruvdagi parlamentning ilk yiğilişi bölib ötişi kerak.

Umumiy hisobda saylovlarda 42 ta partiya iştirok etgan, parlamentga ötiş bösağasi 5 foizni taşkil qilgan.