Qator mamlakatlarda iPhone 8 va iPhone 8 Plus smartfonlarining sotuvlari boşlandi. Yangi qurilmaning avvalgilariga nisbatan eng katta farqi - uning şişa korpusida.

Apple 2011 yildan buyon şişa korpusda ayfon işlab çiqarmagan edi. iPhone 5'ning alyuminiy korpusi özini mustahkam va uzoq muddatga çidamli ekanini namoyiş qildi, lekin simsiz zaryad tizimiga xalaqit berdi. iPhone 8 sotuvlariga start berilişi bilan butun dunyo testerlari  va videoblogerlari yangi telefonni sinaşga kirişişdi. Roliklarda iPhone 8'ni ba'zan Samsung Galaxy S8 yoki Note 8 bilan taqqoslaşadi - ularning ham korpusi şişa bölişi bilan birga Koreya smartfonlari Apple'ning eng asosiy raqibi hisoblanadi.

 

Betonga "qulaş" testlari

JerryRigEverything videoblogi muallifi ikki iPhone 8 qurilmasining betonga "qulaş" effektini taqqoslagan: smartfonlardan biri himoyasiz, ikkinçisi esa plastik keysda. Ilk ikki sinovda smartfonlarga deyarli ziyon yetmadi, uçinçi sinovda himoyasiz iPhone 8'ning ekrani darz ketdi, törtinçi martasida esa, orqa qopqoq darz ketdi. Şunday bölsa-da, smartfon işlaşda davom etdi. Keysdagi smartfon barça sinovlardan muvaffaqiyatli ötdi, hatto qöllarni boş uzra kötarib, pastga qarab  otilganida ham. 

PhoneBuff blogerlari Note 8 va iPhone 8 Plus'ni drop-testlarga möljallangan maxsus uskunalar yordamida sinovdan ötkazişdi. Smartfonlar old, orqa va yon tomon bilan irğitilib, maxsus uskunada sinaldi. Sönggi test nisbatan kamroq ziyon darajasini körsatdi: ikki modelda ham smartfon burçaklari zarbalarga çidamli bölib çiqdi, ularga yengilgina ziyon yetdi.

Qattiq toşning ustiga "qulaş" sinovida ikki tomon natijalari ham ijobiy emas. Ekranlar orqa qopqoqqa nisbatan ança çidamli bölib çiqdi - iPhone 8 Plus 10 marta qulaş sinoviga bardoş bera olmadi va uning multitaçi töğri işlamay qoldi. Note 8'ning orqa qopqoği nisbatan çidamli bölib çiqdi. Biroq ikki smartfonning orqa qopqoği ham birinçi zarbadayoq darz ketdi.

PhoneBuff'dan yana bir video - bu safar blogerlar iPhone 8 va Galaxy S8 smartfonlarini taqqoslaşdi. Koreya smartfoni qopqoq bilan "qulaş" sinovlarini iPhone 8'ga nisbatan "oğirroq keçirdi": S8'ning şişasi yengil darz ketdi, iPhone'da esa - yöq. Rolik mualliflari uçun kutilmaganda, telefonlarni old tomondan "qulatiş" ham xuddi şunday natija berdi. Biroq oxir-oqibat, ketma-ket uçinçi qulaşda iPhone 8'ning öng tomon ekrani darz ketdi.