Kuni keça e'lon qilingan saylovning ilk natijalariga köra, Germaniyada yana Angela Merkel ğalaba qozonmoqda. Şunga qaramay, yakka özi hukumatni tuziş uçun yetarliça ovoz töplay olmayapti. Boz ustiga, endi Merkel avvalgiday işlay olmaydi. Boisi - Allensbax ijtimoiy tadqiqotlar instituti ötkazgan sörovnomada ayon bölişiça, nemislar tuzilajak hukumatdan nimalar kutiş mumkinligini aniq bilişadi. Kantsler xonim bu safar barçasining uddasidan çiqarmikan?

SDP nomzodi Martin Şultsga poytaxt aholisining aksariyati ğolib sifatida qaragandi. Geydelbergdagi Universitet maydonida xalq bilan muloqot qilişi kutilgan Martin, garçi mağlublar qatorida körilgan bölsa ham, saylovçilarning hurmatiga ega. Nemis xalqi seşanba kuni törtinçi davrda ham Merkelni körişni istamayotgani turli nutq va munosabatlarda öz aksini topmoqda. Şunga qaramay, federal saylov natijasiga köra, Merkel boşqaruvda qoladi. Haqiqiy öylantiradigan savol esa - nemislar "Merkel IV"dan nimani kutişmoqda va real hayotda nimalarga umid qiliş mumkin?!

Kelgusi tört yillik faoliyati davomida Angela Merkelning oldida ikki tanlov qolmoqda: sönggi boşqaruv davrida mamlakatni Helmut Kol modelidan foydalangan holda jadal rivojlantiriş, yo Gerhard Şryoder modelidan foydalangan holda, 2021 yil iste'foga çiqiş arafasida özidan keyingi kanslerga katta «sakraş» tajribasini qoldiriş.

Gap Yevropa Ittifoqining kelajagi haqida ketganda, nemislarning faqat 16 foizigina Bryusselning qöşimça vakolatlarga ega bölişini yoqlaydi. Bu borada ular ança konservatorlar kabi fikrlaşini körsatib, 37 foiz xalq vakillari Yevropa hududida joylaşgan milliy davlatlar öz vakolat doirasini qaytarişini söragan. Bu bilan milliy davlatçilik mustaqilligini tom ma'noda saqlab qolib, Yevropa integratsiyasini davom ettiriş kerak, deb öylaşadi. Allensbax instituti rahbari Renat Kyoxerning aytişiça, Germaniya fuqarolari mintaqada yagona ijtimoiy himoya dasturini işga tuşiriş loyihasiga şubha bilan qaramoqda, şuningdek, öz byudjyetini mustaqil taqsimlaşni xohlaydi.

Fransiya prezidenti Emmanuel Makron yevrohududda yagona Moliya vazirligini taşkil etişni taklif qilayotgan bir paytda, Ittifoq byudjyetini unifikatsiyalaş nemislarga yoqmay turgani aniq. Qiziqarli jihati, 39 foiz nemis xalqi kanslerning Makron yetakçiligidagi Fransiya bilan yaxşi qöşniçilik aloqalarini rivojlantirişidan umidvor ekanini yaşirmagan. Xalqning 22 foizi taşqi siyosatda Rossiya bilan masofa saqlaşni töğri deb bilsa, yana 35 foizi AQŞdan uzoqroq bölişni ma'qullagan.

Yangi davr mobaynida kansler xonim NATO xarajatlariga ajratadigan mablağlarni mamlakat YaIMning 2 foizidan tuşirib yubormaslik majburiyatini olişi turgan gap. Biroq aksariyat fuqarolar harbiy xarajatlar YaIMning 1,2 foizidan ortib ketişini qoralaşadi. Şuningdek, muhojirlarni qabul qiliş böyiça xalq va hukumat yondaşuvi nomuvofiqligiça qolmoqda.