Özbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati Andijon viloyat boşqarmasi xodimlarining Boş prokuratura huzuridagi SVOJJDLQK departamentining Andijon viloyat boşqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda ötkazgan tezkor tadbirlari natijasida öz manfaatini ustun qöyuvçi ayrim şahslarning noqonuniy faoliyatiga çek qöyildi. Bu haqda “Özbekiston24” telekanalida xabar berilgan. 

Ma'lum bölişiça, fuqarolar Oybek Qahhorov va Gulbahor Mamadaliyevalar oson va mömay daromad topişni közlab, xorijiy valyutaning noqonuniy oldi-sotdisi bilan şuğullanmoqçi bölişgan. Ya'ni, ular har birini 8100 sömdan hisoblab, 20 ming AQŞ dollarini 162 million sömga sotişga kelişib, şundan 18800 AQŞ dollarini sotayotgan vaqtda aşyoviy dalillar bilan qölga olindi. 

Uşbu holat yuzasidan Boş prokuratura huzuridagi departamentning Andijon viloyat boşqarmasi tomonidan Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 177-moddasi bilan jinoyat işi közğatilgan.