Adliya vazirining buyruği (2017 yil 13 sentabr) bilan Notarius lavozimiga tayinlaş böyiça tanlov ötkaziş tartibi töğrisidagi nizomga özgartirişlar va qöşimça kiritildi.
Norma.uz'ning yozişiça, endilikda notarius lavozimida işlayotgan şaxs tanlovda iştirok etiş uçun u bilan tuzilgan mehnat şartnomasini bekor qilişi hamda boşqa hujjatlar bilan birga notarius lavozimidan ozod etilganligi haqidagi buyruq nusxasini taqdim etişi talab etilmaydi. Demak, bunday şaxs öz lavozimida işlab turib tanlovda iştirok etişi mumkin.
Ilgari tanlov 2 bosqiçda - test sinovi va yozma-oğzaki şaklda ötkazilar edi. Test sinovida 50 ta savolga javob beriş kerak edi. Talabgorlar test sinovini topşirmagunga qadar tanlovning 2-bosqiçiga qöyilmas edi. Endilikda tanlov faqat yozma-oğzaki şaklda ötkaziladi.
Ilgari notarius lavozimiga birinçi marta tayinlangan şaxslarga bir yil muddatga murabbiy-notarius tayinlanişi nazarda tutilgan edi. Uşbu talab bekor qilindi.
Hujjatga boşqa özgartirişlar ham kiritildi.
2017 yil 18 sentabrda kuçga kirdi.
Notarius lavozimi uçun tanlov testlarsiz ötadigan böldi
18:19 / 25.09.201710 7002 min












