Nyu-York şahrida Özbekiston Respublikasi Taşqi işlar vaziri Abdulaziz Komilov boşçiligidagi delegatsiya «S5+1» şaklidagi Markaziy Osiyoning beş davlati va Amerika Qöşma Ştatlari taşqi siyosat idoralari rahbarlarining navbatdagi uçraşuvida iştirok etdi.

Muzokaralar davomida Qirğiziston, Qozoğiston, Tojikiston, Turkmaniston, Özbekiston taşqi işlar vazirlari va AQŞ Davlat kotibi şakllanayotgan umumiy kun tartibi, avvalo iqtisod, ekologiya va xavfsizlik sohalaridagi masalalar yuzasidan fikr almaşdilar.

Alohida e'tibor Afğonistondagi vaziyat va uning mintaqaviy jarayonlarga jalb etiş istiqbollariga qaratildi.

Uçraşuvda olti davlat TIV rahbarlari tomonlarni qiziqtirgan boşqa masalalarni ham muhokama qildilar.