Iroq hukumati terrorçilik faoliyati uçun sudlangan 42 kişiga nisbatan ölim jazosini amalga oşirdi. Bu haqda Shafaq News yangiliklar portali xabar bermoqda.

Iroq adliya vazirligida uşbu xabar tasdiqlangan. Iyun oyida ham şu modda böyiça 14 kişi qatl etilgan.

IŞID terrorçilik guruhi tomondan uşlab turilgan Mösul, Tall-Afar va boşqa şaharlar jangarilardan ozod qilingandan keyin, hukumat kuçlari qöliga minglab jangarilar, jumladan xorijliklar asirga tuşgan. Ulardan har biriga nisbatan sud taftişi olib borilmoqda.

Ötgan haftada Bağdodga taşrif buyurgan Belgiya parlamenti delegatsiyasining ta'kidlaşiça, Bryussel Iroqning terrorçilarga nisbatan qattiqqölligini qöllab-quvvatlaydi va jangarilarga amnistiya bermaslikka çaqiradi.