Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Prezident Sh.Mirziyoyev AQShdagi vatandoshlar bilan uchrashuvda nimalarni gapirdi? (video)
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 20 sentabr kuni Nyu-Yorkda Amerika Qo‘shma Shtatlarida istiqomat qilayotgan bir guruh vatandoshlar bilan uchrashgani haqida xabar bergan edik.
Vatandoshlarimiz orasida olimlar, ishbilarmonlar, xalqaro va jamoat tashkilotlari vakillari, talabalar bor edi.
«Vatandan yiroqda, musofirchilikda o‘z o‘rnini topish va haqli e'tirof qozonish naqadar mashaqqatli ekanini barchamiz yaxshi anglaymiz. Bunday katta yutuqlarga erishish har kimga ham nasib etavermaydi. Bugun sizlar bilan ochiq muloqot qilib, sizlar bilan yaqindan tanishish, mamlakatimiz oldida turgan katta-katta vazifalarni amalga oshirish borasidagi fikr va mulohazalaringiz, takliflaringiz bilan o‘rtoqlashish g‘oyat muhim, deb hisoblayman», — dedi Prezident vatandoshlar bilan uchrashuvda.
Shavkat Mirziyoyev ularga murojaat qilar ekan, O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarga daxldor bo‘lish, zamonaviy bilim va tajribalarini mamlakat rivojiga yo‘naltirishga da'vat etdi.
«Mamlakatimiz taraqqiyotiga hissa qo‘shish istagida bo‘lgan barcha chet eldagi yurtdoshlarimizni O‘zbekistonga taklif etaman, — dedi davlat rahbari. — Men ularni qo‘llab-quvvatlashga va har tomonlama rag‘batlantirishga tayyorman.
Barchangizning mamlakatimizni rivojlantirishga sidqidildan hissa qo‘shishga tayyor ekaningizni ko‘rib, chin dildan mamnun bo‘lib turibman. Hammamiz jonajon Vatanimiz ravnaqi yo‘lida bir yoqadan bosh chiqarib birlashsak, oldimizga qo‘ygan har qanday yuksak marraga albatta yetishimizga ishonaman».
Prezidentning Nyu-York shahrida o‘zbekistonlik vatandoshlar bilan uchrashuvda so‘zlagan murojaatini quyidagi havoladan tomosha qilishingiz mumkin:
Mavzuga oid
09:02
Ummon: AQSh va Eron o‘rtasidagi “yadroviy” muzokaralarning birinchi bosqichi yakunlandi
21:30 / 06.02.2026
Tramp Obama yuzi tasvirlangan maymun videosini e’lon qildi
15:49 / 06.02.2026
Finlandiya AQShni Ukrainaga kafolatlarni ehtiyotkorlik bilan ta’riflashga chaqirdi
13:03 / 06.02.2026