Sport | 09:04 / 25.09.2017
12790
2 daqiqa o‘qiladi

"PSJ" Kavaniga penaltini tepish huquqini Neymarga berishi uchun katta pul taklif qildi

Foto: Getty Images

"PSJ" prezidenti Nassir Al-Halayfiy klub hujumchisi Edinson Kavaniga jamoada penalti bajarish huquqini Neymarga berishi uchun 1 mln yevro miqdorida qo‘shimcha bonus taklif qildi. Bu haqda El Pais nashri xabar bermoqda. Kavani bu taklifni rad etgan va unga pullar kerakmasligini hamda u jamoaning penaltilarni bajaruvchi asosiy futbolchisi bo‘lishga haqliroq ekanini isbotlashini aytgan.  

Manba ma'lumotlariga ko‘ra, Al-Halayfiy shuningdek Neymar oldiga o‘z maslahatchilarini jo‘natgan. Ular Kavani bilan muzokaralar muvaffaqiyatsiz yakunlansa, braziliyalikni penaltichi bo‘lish rolidan voz kechishga ko‘ndirishlari kerak edi. Biroq Neymar unga keltirilgan omillarni tushunmay, bu suhbatdan norozi bo‘lib qolgan. 

Fransiya chempionatining 6-turi doirasidagi "PSJ" — "Lion" uchrashuvi davomida Kavani va Neymar ulardan qaysi biri penalti va jarima zarbalarini amalga oshirishga haqliroq ekanligi borasida bir necha marta bahs chiqqan. Yevropa matbuotida o‘yindan keyin futbolchilar yechinish xonasida ikki futbolchi o‘rtasida mushtlashuvga aylanib ketishiga sal qolgan nizo chiqqani ma'lum qilingan. Bundan tashqari, Neymar "PSJ" rahbariyatidan Kavanining sotib yuborilishini so‘ragan. 

Mavzuga oid