Suriyada rossiyalik general-leytenant Valeriy Asapov halok böldi. Bu haqda Rossiya mudofaa vazirligiga iqtibos keltirgan holda RIA “Novosti” axborot agentligi xabar bergan.
IŞID jangarilari Suriya qöşinlarining general joylaşgan qömondonlik punktini minomyotdan öqqa tutişgan.
"Rossiyalik harbiy maslahatçilar guruhining yetakçisi general-leytenant Asapov Daur-az-Zorni ozod qiliş operatsiyasida suriyalik qömondonlarga yordam berayotgan bölgan", deb aytilgan mudofaa vazirligida. Jangarilarning qöqqisdan hujum qilişi oqibatida Asapov mina portlaşi oqibatida ölim bilan tugagan jarohat olgan.
Ta'kidlanişiça, general-leytenant ölimidan söng davlat mukofotiga taqdim etildi.












