Myanmadan Bangladeşga qoçgan rohingyalar soni uç haftada 436 mingdan oşdi. BMTning qoçqinlar işi böyiça Oliy komissari boşqarmasi (UNHCR)ning matbuot kotibi Edrian Edvards brifingda şu haqida ma'lum qildi.
"UNHCR Bangladeşga gumanitar yordam körsatişni ikki barobarga köpaytirişga çaqiradi. Bu sönggi oyda Myanmadan Bangladeşga qoçgan taxminan 436 ming rohingya uçun vaziyatning ehtimoliy yomonlaşuvi borasida qayğuriş bilan boğliq", - dedi u.
Bundan avval Myanma ğarbidagi rohingya musulmonlari istiqomat qiluvçi Rakxayn ştatidagi vaziyat keskin yomonlaşgani haqida xabar berilgandi. 25 avgustdan buyon Myanmani 400 mingdan ziyod rohingya tark etdi. Bangladeşga qoçgan rohingya qoçqinlarining umumiy soni 800 ming kişidan ortiqni taşkil qiladi.












