Iroqning Kurdiston muxtor viloyatida bölib ötgan mustaqillik uçun umumxalq referendumida 3,3 mln kişidan ortiq saylovçi iştirok etdi. Bu ma'lumotlarni muxtor viloyat Saylovlar va referendum böyiça Oliy mustaqil saylov komissiyasi rasmiy vakili Şirvon Zarariy taqdim etdi, deb xabar qilmoqda Al Sumariya telekanali.
Uning sözlariga köra, Iroq Kurdistonida röyxatdan ötgan kişilardan "ovoz beriş jarayonida 3 305 925 kişi qatnaşgan". Zarariyning qayd etişiça, "referendumda iştirok etganlarning umumiy miqdori 72,16 foizni taşkil etgan".
Ayrim tumanlarda mustaqillik uçun referendumda iştirok etgan saylovçilar soni 95 foizdan ortgani aytilmoqda. Aksariyat saylovçilar Iroq Kurdistoni va kurdlar istiqomat qilayotgan boşqa mintaqalar mustaqilligini yoqlab ovoz bergan. Biroq, hozirça, bu xabarlar rasman öz tasdiğini topgani yöq.
Referendumning rasmiy natijasi 72 soat içida e'lon qilinadi.












