Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Koreya prokuraturasi Pak Kin Xeni qamoqqa olish bo‘yicha yangi order so‘radi
Koreya respublikasi prokuraturasi sudga murojaat qilib, mamlakatning sobiq prezidenti Pak Kin Xeni qamoqda ushlab turish muddatini uzaytirishga ruxsat so‘radi. Bu haqda prokuratura bayonotida ma'lum qilingan,deb xabar qilmoqda TASS.
Yarim yillik muddat bilan berilgan avvalgi order muhlati 16oktabr kuni poyoniga yetadi. Prokuraturaning vajiga ko‘ra, u shu muddat mobaynida korrupsiya va vakolatlarini suiiste'mol qilish bilan bog‘liq jinoiy ish guvohlarini so‘roq qilib bo‘lmaydi. Unda sobiq prezident Pak Kin Xe asosiy ayblanuvchi hisoblanmoqda. “Ayblanuvchi barcha ayblovlarni rad etayotgani tufayli dalillarni o‘rganish talab etiladi”, - deyiladi xabarda.
O‘tgan 2016 yil dekabr oyida Koreya parlamenti Pak Kin Xega impichment qo‘llagan, 10 mart kuni mamlakat konstitutsiyaviy sudi parlament qarorini tasdiqlagan edi. Sobiq prezident 31 mart kuni qamoqqa olinib, tergov izolyatoriga joylashtirildi. Unga nisbatan korrupsiya, vakolatlarini suiiste'mol qilish, tamagirlik va davlat sirlarini oshkor qilish kabi ayblar ilgari surildi.
Mavzuga oid
13:32 / 14.05.2026
Koreyaga ishga yuborishdagi yirik sxema: Kun.uz bu haqda uch yil oldin bong urgan edi
19:26 / 06.05.2026
Janubiy Koreyaning sobiq birinchi xonimiga nisbatan hukmni og‘irlashtirgan sudya o‘lik holda topildi
16:10 / 27.04.2026
Janubiy Koreya O‘zbekistonda AT ta’limi uchun 14 mln dollar grant ajratadi
22:00 / 17.04.2026