Orzimurod Nuriddinov (ism-familiyalar özgartirilgan) 2006 yildan buyon “Umidobod” xususiy korxonasida rahbar bölib işlardi, deb yozadi “Huquq” gazetasi.
Çakana savdoni amalga oşiriş huquqini beruvçi ruxsat guvohnomasini olib, 2011 yil 1 yanvardan 2016 yil maygaça bölgan vaqtda “imi-jimi”da faoliyat yuritgan O.Nuriddinov qinğir faoliyati vaqti kelib oşkor bölişini xayoliga ham keltirmagan edi. Şuning uçun u qolipli non mahsuloti işlab çiqarib, sotiş maqsadida Buxoro viloyati hokimligining viloyat aholisini non mahsulotlari bilan ta'minlaş maqsadida “Özdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi, “Kogondonmahsulotlari”, “Qoraqöldonmahsulotlari” va “Buxorodonmahsulotlari” aksionerlik jamiyatlaridan imtiyozli narxlarda berilgan 1 mln. 545 ming kilogramm unni pul ötkaziş yöli bilan sotib oladi. Şundan 1 mlrd. 672 mln. 935 ming sömlik işlab çiqarilgan un mahsulotini çakana savdo yöli bilan pullaydi. Bankka esa mahsulotlarni sotişdan tuşgan 959 mln. 123 ming söm pulni topşirib, “Tuya kördingmi? Yöq!” qabilida turaveradi. 713 mln. 818 ming söm miqdordagi naqd pulni nazorat-kassa maşinasidan ötkazib ham ötirmaydi. Bu bilan u tovarlar savdosi va xizmat körsatiş qoidalarini qöpol ravişda buzadi.
Şaxsiy manfaati yölida qonunga çap bermoqçi bölgan qonunbuzar sud oldida javob berdi. O.Nuriddinov Özbekiston Respublikasi JKning 189-moddasida körsatilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli, deb topildi. Unga oylik iş haqining 30 foizini davlat hisobiga uşlab qoliş şarti bilan 3 yil muddatga axloq tuzatiş jazosi tayinlandi.











