Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev 25 sentabr kuni mamlakatimizga amaliy taşrif bilan kelgan Rossiya Federatsiyasining Tatariston Respublikasi Prezidenti Rustam Minnixonovni qabul qildi. 

Davlatimiz rahbari mehmonni qutlar ekan, oliy darajadagi uçraşuvlar çoğida erişilgan kelişuvlar hamda joriy yil aprel oyidagi Rossiyaga davlat taşrifi doirasida imzolangan ikki mamlakat hududlari örtasida hamkorlik töğrisidagi hukumatlararo bitimga muvofiq, Tatariston va Rossiya Federatsiyasining boşqa sub'yektlari bilan aloqalar faollaşib borayotganini alohida ta'kidladi. 

Mavjud ulkan sanoat salohiyati, an'anaviy yaqin hamkorlik va köp asrlik madaniy-tarixiy aloqalar köp qirrali özaro şeriklikni tubdan kengaytiriş uçun işonçli poydevor yaratayotgani qayd etildi. 

Foto: president.uz

Uçraşuvda amaliy hamkorlikni yanada rivojlantiriş va uni aniq mazmun bilan boyitişga doir masalalar batafsil körib çiqildi. 

Özaro savdo hajmini oşiriş, neft-gaz, neft-kimyo, kimyo, avtomobilsozlik, maşinasozlik, farmatsevtika, qişloq xöjaligi tarmoqlari, axborot texnologiyalari sohasi va boşqa yönalişlarda investitsiyaviy loyihalarni amalga oşiriş uçun keng imkoniyatlardan samarali foydalanişga alohida e'tibor qaratildi. 

Ta'lim, ilm-fan, soğliqni saqlaş, madaniy-gumanitar almaşuv va sayyohlik sohalaridagi aloqalarni faollaştiriş va qöşma dasturlarni amalga oşiriş muhimligi qayd etildi. 

Tatariston Prezidenti Rustam Minnixonov davlatimiz rahbari Şavkat Mirziyoyevga samimiy qabul uçun minnatdorlik bildirib, Özbekiston Respublikasi bilan keng kölamli hamkorlikni mustahkamlaşga tayyor ekanini ta'kidladi.