«Vest Bromviç» yarimhimoyaçisi Garet Berri Angliya premer-ligasining 6-turidan örin olgan «Arsenal»ga qarşi öyinda maydonga tuşdi.
Bu uçraşuv 36 yoşli futbolçining APLdagi 633-öyini böldi. Natijada u «Mançester Yunayted» afsonalaridan biri Rayan Giggzni ortda qoldirdi va APLning yangi rekordçisiga aylandi. Uçraşuvdan söng Premer-liga rasmiy tvitteri eski rekordçining yangi rekordçiga tabrigi videosini joylaştirdi
«Salom, Garet! Angliya çempionatida men örnatgan rekordni yangilaganing uçun seni tabriklayman. Bu katta natija. Men seni qançalik professional ekaningni yaxşi bilaman. Bunçalik köp uçraşuvni yuqori saviyada ötkaziş — ajoyib iş. Umid qilamanki, sen hali köp uçraşuvlarda maydonga tuşasan», — degan Giggz.
Giggz APLda 1992 yildan 2014 yilga qadar töp surgandi, Berri esa Angliya yuqori ligasidagi faoliyatini 1997 yilda boşlagan.











