Birlaşgan Arab Amirliklari astronavtlarining birinçi guruhi 4-8 kişidan iborat böladi. Bu haqda çorşanba kuni Avstraliyaning Adelaida şahridagi Xalqaro kosmonavtika kongressida iştirok etgan Muhammad bin Rashid kosmik markazi (Mohammed Bin Rashid Space Centre) direktori örinbosari Adnan Muhammed Al Rais TASS’ga bergan intervyusida ma'lum qildi.
«Birlaşgan Arab Amirliklari astronavtlari jamoasiga nomzodlarini tanlaş jarayoni 2018 yilning yanvar oyida boşlanadi, - dedi u. – Öylaşimça, birinçi bosqiçda tört-sakkiz kişi tanlab olinadi».
«Biz barça uçun eşiklarni oçmoqdamiz, ya'ni heç qanday çeklovlar qöymaymiz. Bu turli kasblar - öqituvçilar, şifokorlar, olimlar, harbiylar sifatida işlayotgan har qanday yoşdagi erkak va ayollar bölişi mumkin. Keyin bir yoki ikki bölajak astronavt Xalqaro fazo stansiyasiga parvoz uçun tayyorgarlikni boşlaydi. Umid qilamizki, bu 2020 yoki 2021 yilda yuz beradi. Biz astronavtimiz XFSda turli ilmiy tajribalarni ötkaziş uçun ança uzoq vaqt davomida qolişini xohlaymiz - bir oydan olti oygaça", - deya qöşimça qildi u.
«Astronavtlar otryadining qolgan a'zolari bölajak parvozlarga tayyorgarlikni davom ettiradilar, - deya aniqlik kiritdi Al Rais. – Şuni ta'kidlab ötmoqçimanki, dastur uzoq muddatli böladi, ya'ni biz XFSga bir martalik parvoz bilan çeklanmoqçi emasmiz».











