BMTda YuNeSKO Statistika institutining hisoboti taqdim etildi. Unda jahondagi «ta'lim inqirozi» haqida söz yuritiladi.

Bu haqda BBC xabar bermoqda.

Hujjatga köra, maktab yoşidagi 600 mln.dan ortiq bolalar matematika böyiça boşlanğiç bilimlarga ega emas, şuningdek, öqişni ham bilmaydilar.

Ta'kidlanişiça, ta'lim oliş imkoniyatiga ega bölmagan bolalarning katta qismi Afrika, şuningdek, Markaziy va Janubiy Osiyo davlatlari hissasiga töğri keladi. Şu bilan birga, Şimoliy Amerika hamda Yevropada faqatgina 14 foiz yoşlar ta'limning boşlanğiç darajasiga ega emas.

Hisobotda körsatilişiça, bu vaziyat katta bölgan bolalar xavfsiz mehnat şaroitlariga ega, kam haq tölanuvçi iş «qopqoni»ga tuşib qolişlariga olib keladi.