Dubay butun dunyoni hayratlantirişda davom etmoqda. Zamonaviylikni aks etturuvçi bu şaharda yaqin vaqtlar içida uçib yuruvçi dron-taksilar paydo bölişi mumkin. Bu haqda Reuters reportajida ma'lum qilingan.

Manbada aytilişiça, duşanba kuni Dubay şahri rasmiylari iştirokida ilk uçib yuruvçi taksilar taqdimoti bölib ötgan. Ular hozirça sinovdan ötkazilmoqda va yaqin vaqtlar içida şaharda paydo bölişi mumkin.

Agar sinovlar muvaffaqiyatli ötsa, Dubay uçuvçi taksilar harakatlanadigan dunyodagi birinçi şaharga aylanadi. Öziga xos dron-taksilar Germaniyaning Volocopter nomli dron işlab çiqaruvçi korxonasida tayyorlangan. U heç qanday yoqilğisiz, batareya bilan işlaydi. Dron-taksining tepa qismiga 18ta «qanot» örnatilgan. Birinçi sinovda taksi osmonga 200 metrgaça kötarilgan.

Germaniya korxonasi bilan birgalikda Dubaydagi bu loyihani amalga oşiriş uçun AQŞ va Yevropaning yana 12ta korxonasi kuraş olib bormoqda.

Ma'lum bölişiça, şahardagi katta tirbandlik vaqtida foydalanişi kutilayotgan taksilarni kutiş va çaqiriş uçun smartfonlardan foydalaniş mumkin böladi. Telefondagi maxsus dastur orqali mijoz öziga yaqin hududda bölgan taksini çaqirişi mumkin.