Hindiston boş vaziri Narendra Modi mamlakatni yakuniy elektrlaştiriş dasturi işga tuşirilgani haqida e'lon qildi. 2018 yil oxirigaça uni amalga oşiriş uçun kiçik uylarda quyoş panellari va ularga akkumulyatorlar örnatiladi. Bu haqda PV Tech yozmoqda.

Rasmiy hisob-kitoblarga köra, Hindistonda hali ham 18 mingga yaqin qişloqlar, şuningdek, şahar qurilmalariga kiruvçi uy xöjaliklarining bir qismi elektrlaştirmagan. Elektr liniyalari yöqligining eng köp uçraydigan sababi – u yoki bu aholi punktining yirik elektr stansiyalaridan uzoqda joylaşgani, hududlarning murakkab relefi yoki iste'molçilar tölov qobiliyatining pastligidir.

2018 yilning dekabr oyiga qadar yakunlanadigan yangi dastur doirasida Modi muammoni hal qiliş uçun elektrlaştirişga zarur böluvçi boşlanğiç majmuani bepul tarqatiş taklifi bilan çiqdi. Unga 200-300 vatt (1,0-1,66 kvadrat metr) quvvatiga ega quyoş batareyasi kiradi, biroq doimiy tokni özgartiruvçi invertor bölmaydi. Batareyali majmuada yuz vatt-soat atrofidagi siğimga ega akkumulyator, har birining quvvati bir neça vatt bölgan bir neçta nurdiodli lampalar, ventilyator va boşqa qurilmalarni ulaş uçun rozetka böladi. Lampalar, ventilyator va rozetka doimiy tokda işlaydi. Bu invertorda tejaş imkonini beradi. Dasturning umumiy qiymati - qariyb 2,5 milliard dollarni taşkil etadi.

Taxminlarga köra, bunday «bepul» elektrlaştiriş ketgan sarf-xarajatlarni juda tezlik bilan qoplab beradi. Bugungi kunda Hindistonning elektr ta'minotiga ulanmagan hududlari kerosin lampalari va ular uçun kerosinning asosiy iste'molçisi hisoblanadi. Ular uçun xarajatlar oilalarga kuniga bir dollarga tuşişi mumkin. Lampalardagi kerosin yoniş vaqtida özidan saraton kasalligiga olib kelişi mumkin bölgan, şuningdek, yurak-qon tomir va öpka xastaliklarining ehtimolini oşiruvçi moddani çiqaradi. Ularning muolajasi davlat byudjyeti uçun oğir yuk bölib tuşadi (mamlakatning qaşşoq fuqarolarida suğurta odatda bölmaydi). Neft va kerosin importi esa mamlakatning savdo balansini yomonlaştirmoqda (Hindiston - neft va neft mahsulotlarining importçisi). Quyoş batareyalari esa mamlakat içkarisida işlab çiqariladi va havoning ifloslanişiga olib kelmaydi. Bu ularning tarqatilişi soğliqni saqlaş tizimidagi vaziyatni biroz yaxşilaşi va energotaşuvçilar importini kamaytirişini anglatadi.

Avvalroq şunga öxşaş sabablarga köra, Möğuliston hukumati tunda elektr energiyasi ta'minotini bepul qilib qöyişga qaror qildi. Bundan avval qiş mavsumida isitiş uçun kömir peçlari işlatilgan, ularning tutunidan ifloslaniş esa mamlakatda öpka va yurak-qon tomir kasalliklari bilan boğliq vaziyatni yanada yomonlaştirdi. Möğuliston bugungi kunda öz energetikasini qazib olinuvçi yoqilğini yoqişdan quyoş energiyasi va nisbatan kamroq darajada şamol quvvatiga qayta özgartirmoqda.