Savol: Men NKMK davlat korxonasida işlayman. Qança vaqtgaça öz hisobimdan, iş haqim saqlanmaydigan ta'til olişim mumkin?

Şerali Ş.

JAVOB: Özbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 150-moddasiga muvofiq xodimning arizasiga köra unga iş haqi saqlanmagan holda ta'til berilişi mumkin, uning davomiyligi xodim va iş beruvçi örtasidagi kelişuvga köra belgilanadi, lekin u ön ikki oylik davr mobaynida jami uç oydan ortiq bölmasligi kerak.

Quyidagi xodimlarga ularning xohişiga köra, iş haqi saqlanmagan holda muqarrar tartibda ta'til beriladi:

  • 1941–1945 yillardagi uruş qatnaşçilariga va imtiyozlari jihatidan ularga tenglaştirilgan şaxslarga — har yili ön tört kalendar kunga qadar;
  • işlayotgan I va II guruh nogironlariga — har yili ön tört kalendar kunga qadar;
  • ikki yoşdan uç yoşgaça bölgan bolani parvariş qilayotgan ayollarga (234-modda);
  • ön ikki yoşga tölmagan ikki va undan ortiq bolani tarbiyalayotgan ayollarga — har yili ön tört kalendar kunga qadar (232-modda);
  • mehnat töğrisidagi qonunlar va boşqa normativ hujjatlarda, şuningdek mehnat şartnomasi şartlarida nazarda tutilgan boşqa hollarda.

Savolga huquqşunos Foziljon XATAMQULOV javob berdi.

Eslatma: «Yuridik xizmat minbari»da savollarga berilayotgan javoblar tavsiyaviy xarakterga ega.