“Bugungi bolalar ertangi kun xalqqa aylanadi. Yoşlarni kitobga qaytarişimiz kerak. Axborot-kommunikatsiya sohasidagi oxirgi yutuqlarni özlaştiriş bilan birga, yoşlarning kitob öqişga bölgan qiziqişini kuçaytirişga, ularning kitob bilan döst bölişiga, aholining kitobxonlik saviyasini yanada oşirişga alohida e'tibor qaratiş lozim böladi”.
Davlat rahbari Şavkat Mirziyoyevning aytgan bu sözlari şunçaki şiorlar, balandparvoz iboralar emas. Balki, mamlakatda farmonu qarorlar bilan mustahkamlab borilayotgan hayot-mamot masalasidir. Şu yilning 13 sentabr kuni qabul qilingan “Kitob mahsulotlarini naşr etiş va tarqatiş tizimini rivojlantiriş, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oşiriş hamda tarğib qiliş böyiça kompleks çora-tadbirlar dasturi töğrisida”gi qaror ham mana şu uluğvor maqsadlarning amaldagi ifodasi böldi.
Özbekiston matbuot va axborot agentligi ham bu borada bir qança loyihalarni hayotga tatbiq etiş arafasida turibdi. Jumladan, tizimdagi naşriyot-matbaa ijodiy uylari “Özbekiston poçtasi” bilan hamkorlikda “Poçta orqali kitob” aksiyasini boşlab yuborişgan.
Bunda naşriyot-matbaa ijodiy uylarida naşr etilgan kitoblarning katalogi yaratilib, “Özbekiston poçtasi”ga taqdim etiladi. Bu aholi, ayniqsa olis hududlarda istiqomat qilayotgan kitobxonlar uçun har tomonlama qulayliklar yaratişi şubhasiz, albatta. Deylik, Ğafur Ğulom nomidagi NMIUda çop etilgan kitobdan asakalik, boysunlik yoki şumanaylik yurtdoşlarimiz “Özbekiston poçtasi”ning hududiy bölinmalaridagi katalog orqali xabar topib, poçta orqali buyurtma berişlari mumkin böladi. Buyurtma qilingan kitoblar naşriyotlardan töğridan-töğri xarid qilinişi natijasida ularning narxi ham kitob dökonlaridagi kitoblardan ança arzonga tuşadi.
Özbekiston matbuot va axborot agentligi taşabbusi bilan Toşkent va Nukus şahri hamda viloyatlar markazlaridagi köçalar, xiyobonlar, bozorlar, metro, avtobus bekatlari, maktab, litsey, kasb-hunar kollejlari, oliy öquv yurtlari va boşqa aholi gavjum joylarga kamida 2 tadan kitob tarğibotiga bağişlangan zamonaviy dizayndagi ijtimoiy reklama bannerlari joylaştiriladi.
Uşbu bannerlar “Matbuot va axborot agentligi tavsiya etadi” ruknida “Bolangizga kitob sovğa qiling!”, “Farzandingizga kitob öqib bering!”, “Nabirangiz bilan birga kitob öqing!” singari oilaviy kitobxonlik madaniyatini oşirişga qaratilgan tavsiyalar va uluğ allomalar, buyuk adibu şoirlar, maşhur şaxslarning kişini kitobxonlikka çaqiradigan hikmatlari bilan töldiriladi.
Bundan taşqari, markaziy va hududiy teleradiokanallarda maşhur san'atkorlar, teatr va kino aktyorlari, sport ustalari iştirokidagi reklamalar tayyorlanişi va efirga uzatilişi rejaga kiritilgan.












