«PSJ» hujumçisi Neymar Yevropa çempionlar ligasining guruh bosqiçi ikkinçi turi doirasida «Bavariya»ga qarşi çorşanba oqşomida keçadigan öyinda maydonga tuşadi. Bu haqda parijliklar klubi boş murabbiyi Unai Emeri jurnalistlarga ma'lum qildi.

U ötgan hafta oxirida Fransiya çempionati doirasida «Monpele»ga qarşi öyinda iştirok etmagan, bu unda jarohat borligi bilan izohlangandi.

«Neymar ertangi öyinda iştirok etişga tayyorlanayotgan futbolçilar içida», deya murabbiyning sözlarini keltirgan Reyter.

L'Equipe ma'lumotiga köra, braziliyalik futbolçi «Monpele»ga qarşi öyinni maşğulotlar vaqtida Hotam Ben Arfa bilan töqnaşuvda orttirilgan kiçik jarohat tufayli ötkazib yuborgandi. U iştirok etmagan öyin 0:0 hisobida yakunlangan, parijliklar mavsumda ilk marta oçko yöqotgandi.