O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Prezidentning nogironligi bo‘lgan shaxslarning davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanish tizimini tubdan takomillashtirish to‘g‘risidagi farmoni loyihasini taqdim etdi.

O‘zbekiston Prezidentining 2017 yil 1 avgustdagi 5006-raqamli farmoniga muvofiq tashkil etilgan nogironlarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimini tubdan takomillashtirishga qaratilgan takliflarni tayyorlash komissiyasi (bundan keyin Komissiya deya yuritiladi) tomonidan nogironlarni erta bosqichda aniqlash va uning oldini olish, nogironlikka yo‘liqqan shaxslarni qo‘llab-quvvatlash sohasidagi vaziyatlarni har tomonlama o‘rganilib, chuqur tahlil qilindi.

O‘tkazilgan kompleks tahlillar, xalq bilan ochiq va to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot natijalari o‘z yechimini kutayotgan qator tizimli kamchiliklar va muammolarni aniqlashga yordam berdi.

Takliflarni samarali amalga oshirish, shuningdek 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasining besh ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi bilan belgilangan vazifalarga muvofiq:

1. Keng jamoatchilik va xalq bilan muloqot natijalari va manfaatdor vazirlik va idoralarning fikrlarini inobatga olgan holda, quyidagi takliflarni qabul qilish:

  • "Nogiron" so‘zining o‘rniga "nogironligi bo‘lgan shaxs" atamasini qo‘llash;
  • O‘zbekiston Respublikasining "Nogironligi bo‘lgan shaxslar huquqlarini ijtimoiy himoya qilish to‘g‘risida"gi qonuni asosida "Nogironligi bo‘lgan shaxslar huquqlari to‘g‘risida"gi qonun loyihasini ishlab chiqish;
  • O‘zbekiston Respublikasi tomonidan BMTning nogironlar huquqlari to‘g‘risidagi konvensiyasini ratifikatsiya qilish masalasini ishlab chiqish.

2. O‘zbekiston Respublikasida 3 dekabrni - Nogironligi bo‘lgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlash kuni deb e'lon qilish.

3. Nogiron shaxslarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirishning asosiy yo‘nalishlari deb quyidagilar hisoblansin:

  • nogironlik belgisi bo‘yicha kamsitishga yo‘l qo‘ymaslik, nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini amalga oshirish uchun teng sharoitlar bilan ta'minlash va ularni buzganlik uchun javobgarlikning muqarrarligi;
  • nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlarini ta'minlashda xalqaro maydonda tan olingan normalar va standartlarni milliy qonunchilikda joriy qilish;