Markaziy bank Boşqaruvi qarorlari (2017 yil 26 sentabr; 2017 yil 26 sentabr) bilan Çiqarilgan davlat qisqa muddatli obligatsiyalariga xizmat körsatiş va ularning muomalasi töğrisida nizom va Özbekiston Respublikasi Markaziy bankining yuridik şaxslarga möljallangan obligatsiyalarining çiqarilişi va muomalasi töğrisida nizomga tuzatişlar kiritildi. Bu haqda Norma.uz xabar bermoqda.
Kiritilgan qöşimçalarga binoan, Özbekiston Respublika valyuta birjasi (ÖzRVB) MBning e'loni asosida öz saytida ötkazilayotgan auksionlar haqidagi axborotni e'lon qiladi. Savdolar natijalari ham şu yerda e'lon qilinadi.
ÖzRVBda tuzilgan bitimlar töğrisidagi ma'lumotlar, obligatsiyalarning nomi, soni, kotirovkasi (narxi) va bitim tuzilgan sanadan taşqari uçinçi şaxslarga oşkor qilinmaydi. Uşbu axborot sudlarga beriladi. Suriştiruv va tergov organlari ularni faqat jinoiy iş qözğatilgan taqdirda olişi mumkin.
Hujjatlar rasman e'lon qilingan va 26.09.2017 yilda kuçga kirdi.












