Birlaşgan Millatlar Taşkiloti Suriyada, jumladan tinç aholi vakillaridan köplab insonlar halok bölayotgan mamlakat şimoli-ğarbdagi Idlibda keskinlik tobora kuçayib borayotganidan xavotirda. Bu haqda BMT matbuot kotibi Stefan Dyujarrik «Anadolu» agentligi bilan suhbatda ma'lum qildi.

Uning sözlariga köra, sönggi kunlarda Idlibning aholi punktlariga havo hujumlari muntazam köriniş olgan, maktab yöq qilingan, turar joy infratuzilmasi esa zarar körgan.

BMT vakili Suriyaning Fua va Kefroi hududlarida janglar sodir bölayotgani haqidagi xabarlarga e'tibor qaratdi.

«26 sentabr kuni Xama viloyatida qoçqinlarni öqqa tutiş natijasida 80 ga yaqin odam halok böldi, köplari jarohatlandi. 25 sentabr kuni havo hujumlari natijasida 27 kişi halok böldi, yana 58 nafari jabrlandi», - dedi Dyujarrik. 

Uning qöşimça qilişiça, faqatgina ötgan oyda 100 mingga yaqin suriyaliklar öz uylarini taşlab çiqib ketişga majbur bölişdi, Dayr-az-Zorni esa sönggi haftada 50 mingdan ziyod odam tark etdi.

Suriyadagi uruş 2011 yilning mart oyida boşlangan edi. Öşanda tinç namoyişlar harbiylar öt oçganidan söng qurolli töqnaşuvlarga aylanib ketgandi. BMT ma'lumotlariga köra, mojaroda 400 mingdan ziyod kişi halok böldi, 10 milliondan ziyod odam öz uyini tark etdi. 4.8 million kişi mamlakat taşqarisidan boşpana topdi.