Çinoz tumanida sodir etilgan öğirlik jinoyati içki işlar organlari xodimlarining tezkor sa'y-harakatlari sabab foş etildi. Bu haqda Toşkent viloyati IIB xabar bergan.

Qayd etilişiça, 2017 yil 8 sentabr kuni noma'lum şaxslar Çinoz tumani Olmazor qörğoni hududida joylaşgan “Magnat perfect brick” MÇJga tegişli ğişt işlab çiqariş zavodidan jamiyat balansida turgan umumiy narxi 62 million 600 ming sömlik tovar-moddiy boyliklarini öğirlab ketgan.

Jinoyat işi yuzasidan olib borilgan tezkor suriştiruv işlari natijasida mazkur jinoyatni şu zavodda işlovçi, T.K., D.I. va S.E.lar tomonidan sodir etganligi aniqlandi.

Mazkur jinoyatni foş etiş maqsadida xodimlar tomonidan olib borilgan sa'y-harakatlar öz samarasini berdi. Jinoyatçilar aniqlanib uşlandi, öz örnida jabrlanuvçiga yetkazilgan moddiy zarar qoplanib borilmoqda.