Kattaqörğon şahrida «Hong Xiang Group» özbek-xitoy qöşma korxonasida sönggi avloddagi yuk motorollerlari va mopedlarini işlab çiqariş yölga qöyildi, deb xabar beradi «Samarkandskiy vestnik» gazetasi.

Özbekiston Respublikasi taşqi iqtisodiyot Milliy banki viloyat filialining 439 million sömlik kredit mablağlari va 1 milliard sömlik xorijiy investitsiyalar evaziga korxonada örnatilgan zamonaviy xitoy uskunalari bilan yiliga beş mingdan ziyod ikki va uç ğildirakli mototsikllar yiğiş mumkin.
— Biz Kattaqörğon transport kasb-hunar kollejining böşab yotgan binosini ijraga oldik va uni tört turdagi mototsikl işlab çiqaruvçi korxonaga moslaştirdik, — deydi «Hong Xiang Group» QK rahbari Baxtiyor Umrzoqov. — Uşbu kollejning talabalari ham e'tibordan çetda qolmadi va ular korxonamizda amaliyot ötaşmoqda. Ularning eng tirişqoqlarini yiğiş sexiga işga qabul qilamiz. Ayni paytda qöşma korxonamizda doimiy asosda 25 kişi mehnat qilmoqda.
Kattaqörğondagi qöşma korxonada işlab çiqarilayotgan motoroller va mototsikllarning boşqa şu turdagi transport vositalaridan afzalligi şundaki, ular 100 km yölga markasiga qarab 1 litrdan 3 litrgaça yoqilği sarflaydi.
Eslatib ötamiz, bir neça yil avval Samarqand şahridagi «El Xolding» MÇJda ham mototransport vositalarini işlab çiqariş yölga qöyilgan edi. Lekin paydo bölgan turli texnik va boşqa muammolar sabab bu loyihani amalga oşiriş töxtatib qöyilgan edi. Biz Kattaqörğondagi korxonani ham şunday taqdir kutmayaptimi, deb savol berdik.
— Öylaşimça, bizga bunday tahdid yöq, — deydi B.Umrzoqov. — Birinçidan, bizning xorijiy hamkorlarimiz bunday loyihalarni amalga oşirişda boy tajribaga ega. Ikkinçidan, yuqori sifat va texnik xarakteristikalar mahsulotlarimizni içki bozorda ham, taşqi bozorda ham munosib örniga ega bölişini ta'minlaydi.
Ayni paytda mahsulotni Qozoğiston, Qirğiziston, Tojikiston va Afğonistonga yetkazib beriş uçun şartnomalar imzolanmoqda.











