Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev 27 sentabr kuni Qozoğiston Respublikasi parlamenti Senati Raisi Kasim-Jomart Tokayev boşçiligidagi delegatsiyani qabul qildi. Bu haqda ÖzA xabar berdi.

Delegatsiya tarkibida Qozoğiston prezidenti Nursulton Nazarboyevning qizi, senator Dariğa Nazarboyeva ham bor edi.

Davlat rahbari mehmonlarni qutlar ekan, Qozoğiston parlamenti delegatsiyasining Özbekistonga taşrifi va Oliy Majlis palatalarida ötkazilgan samarali muzokaralar natijalari özaro aloqalarning mustahkamlanib borayotganidan dalolat berişini alohida ta'kidladi.

Özbekiston Prezidentining joriy yil mart oyida Qozoğistonga va Qozoğiston Prezidentining  16 sentabrda Özbekistonga davlat taşriflari, şuningdek, davlat rahbarlarining muntazamlik kasb etgan va işonçga asoslangan muloqoti keng kölamli Özbekiston — Qozoğiston munosabatlarini sifat jihatidan yangi bosqiçga kötariş va ularni aniq mazmun bilan boyitişga xizmat qilgani qayd etildi.

Uçraşuvda parlamentlararo hamkorlik, jumladan, xalqaro va mintaqaviy tuzilmalar doirasidagi aloqalarni yanada faollaştiriş masalasiga alohida e'tibor qaratildi.

Oliy darajadagi taşriflar davomida erişilgan ikki tomonlama kelişuvlar va qabul qilingan qarorlar ijrosini ta'minlaş hamda özaro manfaatli şeriklikka doir istiqbolli loyiha va dasturlarni ilgari surişda mamlakatlar parlamentlari muhim örin tutişi qayd etildi.

Döstlik va hamkorlik guruhlari örtasida muntazam uçraşuvlar ötkaziş, Özbekiston va Qozoğiston parlamentlarining tegişli qömitalari örtasida yaqin amaliy aloqalar örnatiş muhimligi ta'kidlandi.

Yuqori martabali mehmon Şavkat Mirziyoyevga samimiy va mazmunli uçraşuv uçun minnatdorlik bildirib, Qozoğiston Respublikasi Prezidenti Nursulton Nazarboyevning salomi va ezgu tilaklarini yetkazdi.

Kasim-Jomart Tokayev Qozoğiston Respublikasi parlamenti özaro döstlik va strategik şeriklik munosabatlarini yanada mustahkamlaş yölida Özbekiston bilan faol va keng kölamli hamkorlikka tayyor ekanini yana bir bor ta'kidladi.