Amerika Qöşma Ştatlarining Nyu york şahrida 3 avgust kuni bedarak yöqolgan özbekistonlik 54 yoşli Ahmedov Sobir 27 sentabr kuni topilgani haqidagi xabarlar tasdiqlandi. KUN.UZ muxbiri asli samarqandlik Sobir akaning AQŞdagi qizi Feruza bilan boğlandi. 

“Allohga şukr, hozir hammasi yaxşi, otamning tört muçasi soğ. Özi bemalol kirib çiqib yuribdi. 3-4 kundan keyin özim istiqomat qilayotgan Ohayo ştati Sinsinatti şahriga olib ketaman. Keçirasiz, bundan ortiq muloqot qila olmayman”, - dedi Feruza muxbir bilan suhbatda. 

Uning aytişiça, turli saytlarda har xil gap-sözlar çiqayotgan bölişi mumkin, ammo, ularning aksariyati asossiz.

Eslatib ötamiz, Sobir Ahmedov 3 avgust kuni Nyu Yorkka yetib borgan va şu kuni yöqolgan. Uning 54 kun davomida qayerda bölgani xususida qizi Feruza keyinroq qöşimça ma'lumot berişini bildirdi. 

U, şuningdek, otasining taqdiriga befarq bölmaganlarga minnatdorlik bildirdi.