Myunxenning «Bavariya» jamoasidan işdan böşatilgan italiyalik taniqli mutaxassis Karlo Ançelotti tez orada yangi iş topişi mumkin. Jahondagi qator yetakçi naşrlar bilan hamkorlik qiluvçi jurnalist Mutaza Çexadenng ma'lumotlariga qaraganda, «Milan» rahbariyati 58 yoşli murabbiy bilan boğlangan. Şuningdek, Ançelotti Xitoy klublaridan birining ança yaxşi şartlarga ega bölgan taklifi olgani haqida ma'lumot bor.

«Milan»da rossonerilar murabbiylar ştabining boşliği Vinçentso Montellaning faoliyatidan norozi bölişmoqda. Milan şahri jamoasi transferlar uçun 200 million yevro sarflagandan söng, Italiya çempionatida olti turdan keyin faqatgina oltinçi örinni egallab turibdi.

Ançelotti «Milan»da 2001 yildan 2009 yilgaça işlagan va jamoaga Çempionlar Ligasida ikki bora ğalaba keltirgan.