Avtoraqamlar onlayn auksioni sayti — avtoraqam.uzex.uz’da bugun soat 19:07da ilk Premium klassdagi raqam rekord summaga sotildi.

14 mln. 977 ming 500 söm boşlanğiç narx bilan savdoga qöyilgan 01 E 777 AB raqami 73 mln. 839 ming 75 sömga sotildi.

Bu raqamdan keyin soat 19:31 da 01 D 777 AB raqami ham şunga yaqin summada realizatsiya qilindi — 73 mln. 389 ming 750 söm.

73 million sömlik rekord köp ham uşlanib turilmasligi aniq. Soat 19:44 da 01 C 777 AB raqami böyiça auksion savdolari davom etmoqda. Bu avtoraqamga talabgorlar köp şekilli, uşbu xabar yozilayotgan çoğda uning narxini 81 mln. 477 ming 600 sömga kötarişgan edi.