Prezident Şavkat Mirziyoyevning Qirğiziston Respublikasiga davlat taşrifi doirasida prezident Almazbek Atamboyev bilan uçraşuvi ikki davlat örtasidagi iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy va mamlakatlarning çegaraoldi hududlari aloqalarini faollaştiriş kabi xalqlarimiz manfaatlariga xizmat qiladigan hamkorlik munosabatlarini yanada mustahkamladi. 

Eng muhimi, ötmişi va kelajagi bir-biri bilan uzviy boğliq bölgan mamlakatlar örtasidagi milliy munosabatlarda azaliy döstona mehr- oqibat, özaro xayrixohlik, işonç va samimiyat yana öz örnini topdi. 

Davlat bojxona qömitasi axborot xizmatining xabar berişiça, joriy yilning 6 sentabr kuni Andijon viloyatining qöşni davlat bilan çegaradoş “Döstlik” çegara bojxona kompleksi öz faoliyatini boşlagan bölsa, 20 sentabr kuni Namangan viloyatining Qirğiziston bilan çegaradoş “Kosonsoy” çegara bojxona posti faoliyati qayta tiklandi. 

2017 yilning 25 sentabr kuni soat 12.00 dan boşlab esa Farğona viloyati bojxona boşqarmasi tasarufidagi “Rişton” çegara bojxona posti Farğona viloyati Rişton tumani hamda Qirğiziston Respublikasi Qadamjoy rayoni fuqarolari piyoda harakatlanişlari uçun oçildi. Bu esa özbek va qirğiz xalqlari döstligi jipsligi hamda hamjihatligi yölidagi navbatdagi muhim qadam buldi. 

Ma'lumot uçun: “Rişton” çegara bojxona posti orqali hozirça fuqarolar piyoda harakatlanişlari uçun oçiq. Post iş tartibi soat 07.00 dan 19.00 ga qadar belgilandi. 25 sentabr kuni soat 12.00 dan  15.00 ga qadar post orqali kirişga 40 dan ortiq fuqaro harakatlangan.