Rossiya prezidenti Vladimir Putin oktabr oyi boşida Turkmanistonga rasmiy taşrifini amalga oşiradi. Kreml matbuot xizmati xabar berişiça, Putin Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuxamedov bilan uçraşişni rejalaştirgan.

«Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuxamedovning taklifiga köra Rossiya prezidenti Vladimir Putin şu yilning 2 oktabr kuni uşbu mamlakatga boradi», — deyilgan xabarda.

Qayd etilişiça, muzokaralar yakunida tomonlar qator hujjatlarni imzolaşadi.

Muzokaralar çoğida siyosiy, savdo-iqtisodiy, ilmiy-ma'rifiy va madaniy-gumanitar sohalarda ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantiriş masalalari muhokama etiladi. Şuningdek, mintaqaviy muammolar körib çiqiladi.