«Real» hujumçisi Kriştianu Ronaldu Yevropa Çempionlar ligasida ikkinçi tur öyinlarining eng yaxşi futbolçisi böldi. U 35 foiz ovoz olib barça raqiblarni ortda qoldirgan.
Haftaning eng yaxşi futbolçisi böliş uçun Ronaldudan taşqari, Andres Inesta, Harri Keyn, Neymar, Romelu Lukaku, Kevin de Bryuyne, Gonsalo Iguain hamda Vensan Abubakar da'vogarlik qilişgandi.
Portugaliyalik futbolçi Dortmundning «Borussiya» klubiga qarşi keçgan va 3:1 hisobidagi ğalaba bilan yakunlangan öyinda dubl qayd etgandi.
Ikki tur öyinlaridan keyin Ronaldu hisobida 4 gol bor. U töpurarlar poygasida ikkinçi va uçinçi örinlarni «Sevilya» hujumçisi Vissam Ben-Yyedder bilan bölişib turibdi. «Tottenhem» hujumçisi Harri Keyn esa 5 gol bilan yaqqol peşqadam.













