AQŞ prezidenti Donald Tramp xususiy xayriya keçki ovqatida sözlagan nutqida Afğonistonni özining alma-materi — 1968 yili tugatgan Pensilvaniya universiteti Uorton biznes maktabiga qiyosladi. Bu haqda anjuman iştirokçilariga asoslangan holda The Washington Post naşri yozmoqda.
U, öz çiqişida, şuningdek, avvallari Amerika byudjyetidan sarflanayotgan harbiy xarajatlarni qisqartirişni istaganini ta'kidladi. Biroq harbiy generallar Trampni Afğonistonda terrorçilik taşkilotlari köpligi sababli qisqartiriş qarori «xavfsiz» bölmasligiga işontirişgan.
Generallar, deb aniqlik kiritgan Tramp, unga «maxfiy ma'lumotni körsatişgan», şundan söng, prezident Qöşma Ştatlarning jangarilarni Afğonistondan «çiqarib yubormaslik»dan boşqa çorasi yöq, degan xulosaga kelgan. Aks holda, AQŞ 2001 yil 11 sentabrdagi terrorçilik xurujiga töqnaş kelişi mumkin.
«Jahon savdo markazi binolariga samolyotlarni yönaltirganlar Afğonistonda tayyorgarlikdan ötişgan», — degan Tramp. Uning ta'kidlaşiça, respublika «terrorçilar uçun Uorton biznes maktabiga öxşaydi».
Oq uy The Washington Post gazetasining Tramp bayonotini izohlaş böyiça söroviga javob bermagan.












