«Toşşahartransxizmat» aksiyadorlik jamiyati "Wi-Fi Bus" loyihasini işga tuşirdi. Loyiha Toşkent şahri avtobuslarini Wi-Fi orqali ma'lumot uzatuvçi internet aloqasi bilan ta'minlaşni közda tutadi. 

Endi poytaxtimiz jamoat transporti yölovçilari eşigida "Wi-Fi Bus" yozuvi mavjud avtobuslarda Ziyonet.uz milliy ma'rifiy-köngiloçar portali xizmatidan foydalanişlari mumkin. 

«Toşşahartransxizmat» AJ ma'lumotlariga köra, yil oxiriga qadar poytaxtimizdagi ellikta yönalişli avtobus Wi-Fi aloqasi bilan ta'minlanişi rejalaştirilmoqda. Bugungi kunda bazasida 4 ming 650 ga yaqin yangilik, ma'rifiy va köngiloçar veb-zaxiralar mavjud bölgan Ziyonet.uz portaliga ulaniş imkoniyati öquv yili davomida, ayniqsa, yölovçilar oqimining salmoqli qismini taşkil etuvçi talabalar, kollej va litseylar öquvçilarini xuşnud qiladi. Bundan taşqari, mazkur yangilik kelajakda şahar transporti faoliyatini takomillaştiriş hamda poytaxtimiz aholisi va mehmonlariga qulaylik yaratiş uçun zamonaviy axborot tizimlarini faol joriy etişda qöl keladi. Ayni paytda Wi-Fi orqali simsiz ma'lumot uzatiş xizmati 2-, 38- va 72-yönalişlardagi transport vositalarida işga tuşirilgan. 

Bunday imkoniyat tobora dolzarb ahamiyat kasb etmoqda, çunki Toşkentda şahar jamoat transportidan har kuni 1,3 millionga yaqin yölovçi foydalanadi. Kuniga 3,5 ming kilometr masofadagi yönalişlarda deyarli 25 ming reys amalga oşiriladi. Kuzatişlarga qaraganda, şahar jamoat transportidan muntazam foydalanadigan yölovçi örtaça kuniga yarim soatdan 2 soatgaça vaqtini avtobusda ötkazadi. Yangi uskuna tufayli yölovçilar bu vaqtni mazmunli ötkazişi, ya'ni ta'lim va ma'rifiy veb-zaxiralardan bahra olişga sarflaşi mumkin.