AQŞ prezidenti Donald Tramp 1 oktabrdan 45 ming qoçqin qabul qilinişi kvotasini tasdiqladi. AQŞ davlat kotibi Reks Tillerson nomiga yuborilgan memorandumda kvotalar hududlar böyiça taqsimlangan, biroq davlat departamenti zarurat bölganda böş qolib ketgan kvotalarni bir hududdan boşqasiga berişi mumkin.  

Kvotalar AQŞga Afrikadan 19 ming, Şarqiy Osiyodan 5 ming va Yevropa hamda Markaziy Osiyodan 2 ming qoçqinning kiritilişini nazarda tutadi. Hujjatda, şuningdek, Lotin Amerikasi va Karib havzasi davlatlaridan 1,5 minggaça va Yaqin Şarq hamda Janubiy Osiyodan 17,5 minggaça qoçqinni qabul qilişni közda tutadi.  

Donald Tramp noqonuniy muhojirlar muammosini hal qiliş uning ustuvor vazifalaridan biri ekanligini bir neça marotaba takrorlagan. U bildirgan taşabbuslar orsida Meksika bilan çegarada devor quriş, Green Card lotereyasini bekor qiliş va yoş muhojirlarni qöllab-quvvatlaş dasturini tugatiş kabilar bor.