Yevropaning Passenger Drone kompaniyasi işlab çiqaruvçilari özlarining yölovçi uçar qurilmasining sinovini boşladi. Ularning sözlariga köra, texnika Ehang 184 va Volocopter kabi qurilmalarga munosib raqobat uyğota oladi. Albatta, hozirça, sönggi korxonalar öz işlanmalarini Dubayda sinovdan ötkazmoqda. Passenger Drone öz uçaar taksisini Yevropada sinayapti.
Passenger Drone yaratuvçilari qurilmaning parvozi aks etgan videoni internet tarmoğiga joylaştirişdi. Birinçi safaar bölgani uçun uning kabinasiga pilot ötirdi. U qurilmaning aerodinamik imkoniyatlari va asosiy tizimlarning parvozdagi holatini sinovdan ötkazdi. Dronning yakuniy namunasida boşqaruv jihozlari olib taşlanmaydi. Şunga köra, u mustaqil va uçuvçi vositasida parvoz qilişi mumkin.
Uning kabinasi vertolyotnikiga öxşaydi, ammo undan farqli ravişda uçar taksi 16 ta motor yordamida havoga kötariladi. Bu dronga soatiga 50 km tezlikda yarim soatlar parvoz qiliş imkonini beradi.
Hozirça, uçar taksilar dastlabki sinovdan ötmoqda, şu boisdan uning ilk namoyişi kelasi yil boşida bölib ötadi. Şu bilan birga uning narxi va seriyali işlab çiqarilişi ma'lum qilinmayapti.

















