Yaqinginada Amerika prezidenti Donald Tramp soliq islohotlari ötkazişni rejalaştirayotgani haqida ma'lum qilindi. Xöş, nima uçun Amerikaning Apple, GE, Amgen, Merck & Co va Ralph Lauren kabi kompaniyalar aksiyalari kötarilişini kutiş mumkin? Goldman Sachs AQŞda kutilayotgan soliq islohotlari haqida batafsil hisobot taqdim etdi, deb xabar qilmoqda Investopedia.
Bank hisob-kitoblariga köra, S&P 500 guruhiga kiruvçi (Amerikaning eng yirik 500 kompaniyasi) firmalar mamlakatga kamida 250 mlrd dollarni qaytaradi. Bu mablağlar aksiyalarni xarid qiliş, dividendlarni kötariş va turli xil investitsiyalarga sarflanişi mumkin. Istiqbolda texnologiya, moliya, energetika va soğliqni saqlaş sohasida faoliyat yurituvçi kompaniyalar aksiyalari qimmatlaşuviga olib kelişi ehtimol.
Goldman tomonidan yodga olingan 20 kompaniyadan quyidagi 5 ta kompaniya alohida e'tirof etilmoqda.
Bular, kompyuter va smartfonlar işlab çiqaruvçi Apple, sanoat mahsulotlari işlab çiqaruvçi General Electric, Amgen biotexnologiya korporatsiyasi, dori-darmonlar işlab çiqaruvçi Merck & Co va mebel, kiçik-keçak va aksessuarlar işlab çiqaruvçi Ralph Lauren kompaniyasidir.

Ulkan zaxiralar
Goldman hisobotida qayd etilişiça, S&P 500 tarkibidagi kompaniyalar Amerikadan taşqarida 2,5 trln dollardan ortiq mablağni qayta investitsiya qilingan daromad sifatida saqlamoqda. 920 mlrd dollar soliqqa tortilmaydigan pul zaxirasidir. S&P 500 ga kiruçi har bir kompaniyaga örtaça 2 mlrd dollarlik xorijiy likvidli aktivlar töğri keladi. Yuqorida nomi keltirilgan 5 kompaniyaning 4 tasiga tegişli bu mablağlar sezilarli köpdir.

Xususan, Apple korporatsiyasi xorijda 216 mlrd dollarini saqlamoqda, GE — 35 mlrd, Amgen — 36 mlrd, Merck — 22 mlrd dollarga ega. Ralph Lauren kompaniyasining xorijiy mablağlari atigi 1 mlrd dollarni taşkil etadi. Ammo, bu firma kapitallaşuvining sezilarli qismidir. Goldman respublikaçilar taqdim etgan soliq islohoti loyihasiga asoslangan holda taxmin qilişiça, qaytirilgan pullar uçun soliq stavkasi 8,75 foizni, qaytirilgan daromad uçun soliq 3,5 foizni taşkil etadi.














