Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
A seriya. «Napoli» yirik hisobda g‘alaba qozonib, yakka peshqadam bo‘lib oldi
Italiya chempionatining 7-turida "Napoli" o‘z maydonida "Kalyari"ni qabul qildi. Uchrashuv mezbonlarning 3:0 hisobidagi yirik g‘alabasi bilan yakunlandi.
4-daqiqada Hamshik hisobni ochgan bo‘lsa, 40-daqiqada Mertens penaltini aniq amalga oshirib, oradagi farqni oshirdi. Mezbonlar 3-goli 47-daqiqada Kulibali tomonidan kiritildi.
"Napoli" 7-turdan so‘ng 21 ochko bilan 1-o‘rinda bormoqda. 2-o‘rinda borayotgan "Yuventus" hisobida olti o‘yindan keyin 18 ochko mavjud.
Napoli – Kalyari 3:0 (2:0, 1:0)
Gollar: 1:0 – 4 Hamshik, 2:0 – 40, penalti Mertens, 3:0 – 47 Kulibali.
Napoli – Reyna, Kulibali, Husay, Albiol, G‘ulom (Mariu Ruy, 87), Jorjino, Hamshik, Insine, Allan (Una, 78), Kalexon (Rog, 71), Mertens.
Kalyari – Krano, Kapuano, Andreolli, Romanya, Chigarini (Deyola, 56), Padoin, Ionitse, Barella, Joao Pedro, Pavoletti (Farias, 66), Sau (Dessena, 34).
Mavzuga oid
19:29 / 23.05.2025
“So‘nggi qo‘ng‘iroq”. Italiyada kim chempion, Mbappe “Oltin butsa” oladimi va boshqa intrigalar
12:10 / 05.01.2025
«Siti» qaytmoqda, «Arsenal» «Liverpul»ni xursand qildi. Kun o‘yinlari
16:53 / 12.12.2023
«MYu» va «PSJ» guruhda qolib ketadimi? YeChLda so‘nggi tur savollari
17:16 / 10.08.2023