Kataloniya referendum orqali Ispaniyadan ajralib çiqsa, bu terma jamoaning 2018 yilgi jahon çempionatida iştirok etişiga tösiq bölişi mumkin. Bu haqda Marca xabar tarqatdi.

Xabarga köra, agar La liga rahbariyati «Barselona»ni va Kataloniyadagi boşqa klublarni Ispaniya çempionatidan çetlatişga qaror qilsa, FIFA terma jamoaga sanksiya qöllaşi mumkin. Xalqaro futbol federatsiyalari taşkiloti bu holatni davlat futbol işlariga aralaşişi deb hisoblaşi mumkin.

Kataloniya mustaqilligi uçun referendum bugun, 1 oktabr kuni bölib ötadi.  Unda «Mançester Siti» boş murabbiyi Xosep Gvardiola ham iştirok etişini bildirgan.

Bundan avvalgi xabarlarda agar Ispaniya çempionatidan çetlatilsa, «Barselona» Fransiya yoki Angliyadagi ligalarda qatnaşişga tayyorligini aytilgandi.

Ispaniya ayni vaqtda JÇ-2018 saralaşida guruhda birinçi örinda bormoqda. Mundial yöllanmasi uçun Albaniya va Isroilga qarşi öyinlarda 4 oçko oliş kifoya böladi.