Italiya A seriyasining 7-turidan örin olgan e'tiborga molik uçraşuvlardan biri Bergamoda bölib ötdi. Unda «Atalanta» peşqadamlardan biri «Yuventus»ni qabul qildi.
Birinçi bölimning örtalariga kelib ustunlikni qölga olgan turinliklar uç daqiqa içida ikkita gol kiritib, hisobda oldinga çiqib olişgandi. Biroq, oradan 7 daqiqa ötib Kaldara farqni qisqartirdi. Ikkinçi bölimda esa Kristante tomonidan kiritilgan gol uçraşuvning durang bilan tugaşiga sabab böldi.
Natijada A seriyada ilk marta oçko yöqotgan «Yuventus» oçkolari sonini 19taga yetkazib oldi va endilikda peşqadam «Napoli»dan ikki oçko ortda qolmoqda va «Inter» bilan bir xil oçko töplab 2-3 örinlarni bölişib turibdi. «Atalanta» esa 9 oçko bilan 11-poğonani band etgan.
Italiya A seriyasi
7-tur
Atalanta – Yuventus 2:2 (1:2)
Gollar: Kaldara (31), Kristante (67) – Bernardeski (21), Iguain (24).
Atalanta: Berişa, Kaldara, Palomino, Xatebur, Masello, Froyler, Spinatstsola, Kurtiç (Petanya, 56), Kristante (de Ron, 88), Gomes, Kornelius (Iliçiç, 32).
Yuventus: Buffon, Kellini, Benatiya, Lixtştayner (Bardzali, 66), Asamoa, Bentankur, Matyuidi, Bernardeski (Kuadrado, 69), Mandjukiç (Duglas Kosta, 78), Dibala, Iguain.
Ogohlantirişlar: Lixtştayner (58), Gomes (64), Palomino (80), Petanya (82).












