Kataloniyaning Ispaniyadan mustaqil bölişi uçun yakşanba kuni ötkazilgan referendum FIFAning muhim tamoyillaridan biri bölmiş «futbol - siyosatdan xoli» tamoyilini yana bir marta yöqqa çiqarmoqda. Kataloniyaning asosiy klubi «Barselona» Ispaniya çempionatining 7-turida «Las-Palmas»ga qarşi öyinni muxlislarsiz ötkazişga qaror qilib, imijiga zarar yetkazdi, muxlislar oldida obrösi pasaydi, şuningdek, buning oqibatlari moliyaviy zarar keltiradi. Bu vaqtda esa Ispaniya terma jamoasiga 2018 yilgi jahon çempionatidan çetlatiliş xavfi tahdid solmoqda.
Ötgan haftaning juma kunida Ispaniya futbol ligasi prezidenti Xaver Tebas ma'lum qilgandiki, ajraliş röy bersa, Kataloniya klublari («Barselona» va «Espanol»dan taşqari «Jirona», şuningdek, quyi ligadagi Tarragonning «Himnastik» klubi) Ispaniya çempionatida iştirok eta olmaydi.
Yakşanba kuni esa Marca naşri FIFA bu holatni «hukumatning futbolga aralaşuvi» deb baholab, Ispaniya terma jamoasini özi homiylik qiladigan barça turnirlardan çetlatişi mumkinligi haqida xabar tarqatdi.
Şu tariqa, 2018 yilgi jahon çempionatiga yöllanmani deyarli naqd qilib bölgan Ispaniya terma jamoasi turnirdan qolib ketişi mumkin.
Juma kuni Tebas «Barselona» va «Las-Palmas» uçraşuvi oldindan belgilangan vaqtda ötkazilişini aytgandi. Ammo öyin boşlanişiga bir neça soat qolganida «Barselona» Ispaniya Qirollik futbol federatsiyasiga murojaat qilib, xavfsizlik nuqtai nazaridan öyinni qoldirişni söradi. Kun davomida Kataloniyadagi referendum tufayli saylovçilar va politsiyaçilar örtasida töqnaşuvlar böldi va kun oxiriga borib tartibsizliklar vaqtida jarohatlanganlar soni 800 nafardan ortdi.
Ammo futbol federatsiyasi öyinni qoldirmadi, natijada «Barselona» «Las-Palmas»ga qarşi öyinni muxlislarsiz stadionda ötkazişga majbur böldi.
Klub Kataloniya referendumi vaqtida saylovçilarga öz huquqlaridan foydalanişga ruxsat berilmaganini qattiq qoraladi. Klub vitse-prezidenti Karles Vilarubbi rahbariyat yon berib, «Las-Palmas»ga qarşi muxlislarsiz öynaşga qaror qilingani uçun iste'fo berdi. Klub prezidenti Xosep Bartomeu bu öyinni qoldirsa, klub 6 oçkodan mahrum qilinişini aytdi.
Pike terma jamoadan ketişga tayyor
«Barselona» muxlislari oxirgi daqiqalargaça öyinga kirişga umid qilişdi. Klubning aşaddiy muxlislari guruhi esa öyinni boykot qilişni söraşdi: «Kataloniya xalqiga qilingan adolatsiz repressiya vaqtida biz klubdan bu öyinda maydonga tuşmaslikni söraymiz. Bunday kunda futbol öynamaslik kerak. «Kamp Nou»ga bostirib kirib, zöravonlikka qarşi aksiya uyuştiramiz». Ammo muxlislar stadionga qöyilmadi.















