Kataloniyaning Ispaniyadan mustaqillik bölişi böyiça referendum yakunlandi, saylov uçastkalari yopildi, deb xabar bermoqda RIA “Novosti” axborot agentligi.

1 oktabrda ötgan referendum Ispaniya hukumati tomonidan tan olinmagan. Oxirgi ma'lumotlariga köra, referendum ötkazilişi vaqtida politsiya bilan töqnaşuvlarda jabrlanganlar soni 761 nafarga yetdi. 

Politsiyaning xabar qilişiça, 2315 ta ovoz beriş joyining katta qismi ustidan nazoratni qölga olişga muvaffaq bölingan. Bir qator saylov uçastkalarida hujjatlar tortib olingan, politsiya va referendum tarafdorlari örtasida töqnaşuvlar yuz bergan. Şu bilan birga bir qator uçastkalarda ovoz beriş bölib ötgan. 

Kuzatuvçilarning aytişiça, politsiya "misli körilmagan zöravonlik" namoyiş qilgan. Kuzatuvçilardan birining ta'kidlaşiça, politsiya keksalar, ayollar va bolalarni ham ayab ötirmagan.

Ispaniya içki işlar vazirligida ta'kidlanişiça, huquq-tartibot idoralarining 12 xodimi jarohat olgan.

Oxirgi sörovnomalarga köra, Kataloniya mustaqilligini 41 foiz aholi qöllab-quvvatlamoqda, 49 foizi qarşi çiqmoqda. 

Hammasi bölib referendumda 5,3 mln fuqaro iştirok etişi mumkin bölgan. 60 foiz kataloniyaliklarning fikriça, referendum noqonuniy hisoblanadi va biror-bir huquqiy oqibatga ega böla olmaydi.