Rasmiy Pxenyan Amerika Qöşma Ştatlari va Koreya respublikasi örtasidagi mudofaa şartnomasini tanqid qilmoqda. Bu haqda Yonxap agentligi Şimoliy Koreyaning markaziy naşri «Rodon Sinmun»ga asoslangan holda yozayapti.
«Şartnomada Şimoliy Koreyaga bostirib kiriş maqsadini amalga oşiriş közda tutilgan», — deyiladi gazetada çop etilgan xabarda.
Şartnomaga köra, ikki davlatdan biriga jangovar hujum qilinsa, biri ikkinçisiga yordamga kelişi şart. AQŞ mazkur hujjat asosida Janubiy Koreyada öz mudofaa komplekslarini örnatmoqda.











